“Qo‘qon lokomotiv deposi” filiali laboratoriyasining faoliyati, moddiy-texnik bazasi va akkreditatsiyadan o‘tkazish zaruriyati bo‘yicha 14 slayddan iborat professional taqdimot tayyorla. Taqdimot O‘zbekiston temir yo‘llari tizimiga mos rasmiy korporativ uslubda, ko‘k va oq ranglarda tayyorlansin. Har bir laboratoriya yo‘nalishi uchun haqiqiy laboratoriya priborlari, uskunalar va laboratoriya xonalarining sifatli fotosuratlaridan foydalan. Taqdimotda uchta asosiy faoliyat yo‘nalishi alohida yoritilsin: 1. Tayyorlangan texnik suvni tekshirish. 2. Dizel moyini tahlil qilish. 3. Dizel yoqilg‘isini tahlil qilish. Dizel moyi tahlili uchun termostat, fotokolorimetr, ochiq tigel apparati, viskozimetr, areometr va suvga sezgir pasta ko‘rsatilsin. Dizel yoqilg‘isi tahlili uchun yopiq tigel apparati, termometr va laboratoriya kolbalari ko‘rsatilsin. Umumiy foydalanish uchun laboratoriya quritish shkafi alohida yoritilsin. Laboratoriya xonasining holati, mavjud uskunalar, yetishmayotgan priborlar, moliyaviy ehtiyoj va har bir xarajatning texnik asoslari ko‘rsatilsin. Avvalgi akkreditatsiya tekshiruvida kamchiliklar dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgani va sertifikat berilmagani, ushbu kamchiliklarni bartaraf etib, qayta akkreditatsiyadan o‘tish zarurligi alohida yoritilsin. Yakuniy maqsad — laboratoriyani akkreditatsiya talablariga muvofiqlashtirish, zarur jihozlar bilan ta’minlash va akkreditatsiya sertifikatini olish uchun rahbariyatdan asoslangan mablag‘ ajratilishini so‘rash. Taqdimot rasmiy, professional, rahbariyat oldida namoyish etishga mos, fotosuratlar, jadvallar, diagrammalar va texnik izohlar bilan tayyorlansin. Haqiqiy bo‘lmagan narxlar, priborlar holati yoki mavjudligi haqida ma’lumot to‘qib chiqarilmasin; noma’lum ma’lumotlar uchun to‘ldiriladigan joy qoldirilsin.